Qashqadaryoda uch kishini yashin urdi. Qurbon bor
Jamiyat
−
09 mart 2022
17592Bugun, 9 mart kuni soat 11:45 da Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Otkamar” MFYda noqulay ob-havo sharoiti natijasida 3 nafar fuqaroni yashin urdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Voqea oqibatida bir fuqaro vafot etgan, ikki nafar fuqaroning biriga tibbiy yordam ko‘rsatilib, ambulator davolanishga ruxsat berilgan. Ikkinchi fuqaroga tuman tibbiyot birlashmasida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ma’lumot uchun, Qashqadaryoda bugun noodatiy ob-havo kuzatilmoqda. Viloyatga quyuq bulut kirib kelgan va joylarda momaqaldiroq bo‘lmoqda.