Qashqadaryoda uch kishi hojatxona qaziyotganda halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 3 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga 16 yoshli X.H. o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingan. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.

Unga “Zaharli gazdan o‘tkir zaharlanish o‘ta og‘ir darajasi. O‘tkir toksemiya davri. O‘pka shishi. Aspiratsion sindrom. O‘tkir nafas yetishmasligi. O‘tkir yurak va qon tomir yetishmasligi. Toksik koma” tashxisi qo‘yilgan. Zudlik bilan standart bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilib, bemorga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bemor yashaydigan xonadondagilar eski hojatxona yonidan yangi chuqur kovlashayotgan paytda o‘rtadagi devor yorilib ketishi natijasida X.H.ning otasi, 48 yoshli Q.E., onasi, 44 yoshli B.O. va va opasi, 20 yoshli X.D. voqea joyida vafot etishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo baxtsiz hodisa

Baholaganlar

1435

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing