Qashqadaryoda transformator portlashi oqibatida uch bola vafot etgani rostmi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida transformator portlashi oqibatida uch nafar bola vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Hokimlik axborot xizmati esa buni rad etdi. 

"Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog‘ tumanida transformator portlagani va mazkur voqea tufayli yosh farzandlar vafot etgani haqida FAKE  xabar tarqaldi. Yakkabog‘ tumanida bu kabi holat aslo ro‘y bergani yo‘q. 

Ayni vaqtda, mazkur tarmoq egasi qidirilmoqda va ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on axborot tarqatgani uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi ta’minlanadi", deyiladi hokimlikning bunga munosabatida.

Ma’lumot o‘rnida, bundan oldin tarmoq faoli voqea uyining yonida sodir bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Yakkabog' transformator

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing