Qashqadaryoda tarixiy qishloq xarobalari topildi
Bu qiziq
−
23 avgust 2023
5954Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida joylashgan Xo‘ja Ravshan obidasi hududidan arxeologik topilma va tuproq qatlamlari aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan qazish ishlari mobaynida qishloq xarobalari orasidan Amir Temur davriga mansub 4 ta xona kashf qilingan.
Ushbu yodgorlik o‘rnida XIII-XIV asrlarda Qarshidan Buxoroga olib boruvchi gavjum aholiga to‘la karvon yo‘li joylashgan. Qishloqning bugungi kunda saqlanib qolgan qoldiqlarining maydoni 30 gektarni tashkil etadi.
Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, o‘sha davrda istiqomat qilgan ovul aholisi Chig‘atoy davrining so‘nggi va Amir Temur zamonida madaniy jihatdan ancha taraqqiy etgan. Topilmalar orasida koshin, sirlangan sopol, metalldan yasalgan xo‘jalik jihozlari va boshqa noyob buyumlar bor. Tadqiqotchilar Amir Temur zamonida nafaqat shaharlar, balki qishloqlarda ham rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgani haqida dastlabki xulosalarga kelgan.
LiveBarchasi