Qashqadaryoda shifokorlarni majburan ishlatgan mas’ul 12 mlnga tushdi
Jamiyat
−
17 iyul 2021 8995 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida shifokorlarni majburiy mehnatga jalb qilgan shifoxona boshlig‘i 12 million 250 ming so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda O‘zbekiston Bandlik va Mehnat munosabatligi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish olib borilganida, tibbiyot birlashmasi xodimlari boshqa hududdagi obodonlashtirish ishlariga majburiy tarzda jalb etilganligi aniqlangan.
Mazkur holat aniqlanganidan so‘ng, Koson tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘iga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) barobari 12 million 250 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust