Qashqadaryoda shifokor bemorni to‘shakka taklif qildi
3-sahifa
−
10 noyabr 2023
75237Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida QVP mudiri qabuliga kelgan bemorni to‘shakka taklif qilgani haqida xabar tarqaldi. Unda qayd etilishicha, shifokor ayolning turmush o‘rtog‘i Rossiyaga ishlash maqsadida ketganligidan foydalanib, uni yo‘ldan urmoqchi bo‘lgan. Hattoki, u bilan ishqiy munosabatda bo‘lishi evaziga har oy 1 mln so‘mdan haq to‘lashini ham qo‘shimcha qilgan.
Ayol o‘z sha’nini himoya qilish maqsadida darhol shifokorning ustidan sudga shikoyat qildi.
QALAMPIR.UZ mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Qashqadaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti Farhod Tilovov bilan bog‘landi.
Uning ma’lum qilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tumani sudining 2023 yil 9 noyabr kungi ochiq sud majlisida mazkur ish bilan bog‘liq ma’muriy ish ko‘rib chiqilgan. Unda Qamashi tumani “Qamay” MFYdagi 47-son QVP mudiriga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41 prim 1-moddasi bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi