Qashqadaryoda pora olgan bozor rahbari ushlandi
3-sahifa
−
08:25 2600 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatida tadbirkorga hujjatlari bo‘lmagan do‘konni rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lan bozor rahbari qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Dehqonobod tumanida faoliyat yurituvchi bozorlardan birining rahbari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga bozor hududida joylashgan, lekin tegishli hujjatlari bo‘lmagan savdo do‘konini sotishini, keyinchalik esa uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, xizmati evaziga 80 mln so‘m talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur mansabdor shaxs tadbirkordan 6600 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida advokat 2 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini yengilroq jazoga almashtirib berishni va’da qilib, 10 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi