Qashqadaryoda ota o‘g‘lini o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida mast holdagi ota-bolaning janjali o‘g‘ilning o‘limi bilan yakunlandi. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.

Kecha, 25 avgust kuni soat 8:30 larda IIB navbatchilik qismiga tumanning “Tarag‘ay” MFYda yashovchi A.B.ning yashash uyida vafot etgani haqida xabar kelib tushgan. So‘ng voqea joyiga tergov-tezkor guruhi chiqqan.

Aniqlanishicha, joriy yilning 24 avgustidan 25 avgustiga o‘tar kechasi soat taxminan 24:00 larda Chiroqchi tumani, “Tarag‘ay” MFYda yashovchi A.B spirtli ichimlik iste’mol qilib, yashash uyiga kelib, uyda mast holda bo‘lgan o‘g‘li A.B. bilan o‘zaro og‘zaki tortishib, janjallashib qolgan. Janjal vaqtida A.B o‘g‘li A.B.ni temir bo‘lagi bilan bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan. Og‘ir tan jarohatlari olgan o‘g‘il A.B. 25 avgust kuni soat 03:00 larda yashash uyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan kecha, 25 avgust kuni Chiroqchi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi bo‘yicha fuqaro A.B. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Qashqadaryo

Baholaganlar

1108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing