Ota-bola ko‘knor yetishtirganlar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatida fuqaro ko‘knor boshoqlarini 400 ming so‘mga sotayotgan paytda qo‘lga olindi.

Tezkor o‘tkazilgan “Qoradori-2019” keng qamrovli tadbiri davomida Koson tumani Bunyodkor mahallasida yashovchi 18 yoshli A.B. 9 dona ko‘knor boshog‘ini 400 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

 A.B.ning uyidan otasi B.X. bilan birga hovlisidagi yer maydonida ko‘knor o‘simligini yetishtirayotganligi aniqlanib, uyidan jami 592,07 gr. ko‘knor xashagi, 0,47 gr. “opiy”, 62,2 gr. ko‘knor o‘simligi urug‘i va 7 kg. 466 gr. ko‘knor o‘simligi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan B.X. va A.B.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Qoradori-2019 Ko'knor

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing