Qashqadaryoda Nexia ag‘darilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 5 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatida uch kishi yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

YTH soat 17:00 da 4R-89 raqamli “Qarshi-Nishon-Talimarjon” avtomobil yo‘lining 8-kilometri yuz bergan. Haydovchi 33 yoshli A.S. o‘zining boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasini Qarshi tumanidan Nishon tumaniga qarab boshqarib borayotib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib, ag‘darilgan.

Oqibatda, avtomashina yo‘lovchisi 54 yoshli M.O. olgan tan shikasti natijasida hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan. Yo‘lovchilar 58 yoshli B.X. va 54 yoshli A.E. og‘ir tan shikasti bilan RSHTYOIM Qashqadaryo filialining “Jonlantirish” bo‘limiga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalariga qaramasdan shu kuni vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-kismi “a” bandi bilan (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyat ishi Qashqadaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qashqadaryo

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing