Qashqadaryoda mudhish YTH! 3 kishi halok bo‘ldi
Jamiyat
−
16 dekabr 2019
7826Kecha, 15 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
15 dekabr kuni soat 22:30 larda 25 yoshli G‘.A. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasini A-380 “G‘uzor-Qarshi” avtomobil yo‘lida Qarshi shahri tomonga qarab boshqarib kelayotgan vaqtida, yo‘lning G‘uzor tumani “Mash’al” qishlog‘i hududidan o‘tuvchi 17-kilometrida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda yo‘ldan chiqib ketib, yo‘lning o‘ng tomon chetidagi temir yo‘lni himoya qiluvchi panjaraga borib urilgan.
Natijada, avtomobil haydovchisi G‘.A. hamda yo‘lovchilari 31 yoshli Sh.B. va 32 yoshli R.X. olgan tan jarohatlari oqibatida xodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etishgan.
Mazkur xolat yuzasidan G‘uzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a”bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi