Qashqadaryoda mehmondorchilik pichoqlashuv bilan tugadi
Jamiyat
−
30 mart 2019
84052019 yil 27 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi G.T.(ismli ayol)ning uyida mehmonda bo‘lgan S.B. ikki odamni pichoqladi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, S.B. o‘zaro janjal oqibatida Arabxona mahallasida yashovchi J.Q.ning qorin va o‘ng oyoq son qismiga, shuningdek, uning akasi Sh.Q.ning qorin va o‘ng qo‘l yelka qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada aka va uka kasalxonaga yotqizilgan. S.B. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani xabar qilinmoqda.