Qashqadaryoda Matiz  va Cobalt ishtirokida dahshatli YTH sodir bo‘ldi 

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida svetaforning sariq chirog‘idan o‘tgan Matiz avtomobili Cobalt bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketdi. Bu haqda Qarshi shahar YHXB Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2 noyabr kuni soat taxminan, 17:00 larda Qarshi shahar Islom Karimov ko‘chasi va Komilon ko‘chalari kesishgan chorrahada R.P. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinasida harakatlanib, yo‘l qoidasiga amal qilmasdan svetaforning sariq chirog‘ida yo‘lni kesib o‘tgan va fuqaro Y.X boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomshinasining old qismiga urilib, YTH sodir etgan. Oqibatda Matiz ag‘darilib ketgan.
   
YTH oqibatida Matiz avtomashinasida bo‘lgan 1977 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi ayol M.D. og‘ir tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH YHXB

Baholaganlar

278

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing