Qashqadaryoda mast yigit avval otasini, keyin buvisini pichoqladi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida mudhish qotillik yuz berdi. Mast yigit avval otasini, keyin buvisini pichoqladi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, qotillik yuz bergan kun 22 yashar Q.A. kunduzi o‘rtog‘ining akasini uylanish to‘yiga boradi. U yerda bo‘kib ichadi. Tungi soat 00:30larda uyiga zo‘rg‘a qaytgan Q.A. eshik oldida otasiga duch keladi. O‘g‘lining bu holatiga chiday olmagan ota unga dakki beradi. Ammo bu mast o‘g‘ilga zarracha ham ta’sir ko‘rsatmaydi.

“O‘rtada kelishmovchilik boshlanib, o‘g‘il oshxonada turgan pichoqni olib, otasining qorniga sanchdi. Shu payt janjaldan uyg‘onib ketgan Q.A.ning buvisi ota-bolaning o‘rtasiga tushdi. Mastlikdan o‘zini idora qilolmay qolgan yigit esa pichoqni momosi ko‘kragi va oyog‘iga sanchib  yiqitadi”, deyiladi xabarda.

Janjaldan xabar topgan qo‘shnilar ota-bolani ajratib, Q.A.ni qo‘lidan pichoqni tortib olishadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam tufayli otaning hayoti saqlab qolingan. Buvi esa nabirasining mudhish qilmishi bois hayot bilan vidolashgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Qashqadaryo

Baholaganlar

745

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing