Qashqadaryoda maktab o‘quvchisi o‘lasi qilib kaltaklandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi maktabda 15 yoshli maktab o‘quvchisi o‘rtoqlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar va bolaning onasi o‘g‘li sog‘ayib ketmayotgani haqida gapirgan videomurojaat tarqaldi. Buning ortidan kecha, 5 aprel kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur murojaat ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishidan avval ham Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida Qarshi tumanidagi 55-maktab faoliyati o‘rganilgan. Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga kelgan holat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘rganilib,  qonuniy to‘xtamga kelingan. 

Bildirilishicha, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2024 yil 19 martdagi tegishli buyrug‘i bilan Qarshi tumanidagi 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori M.P bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasi 2-qismiga asosan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Hozirda vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi 80-maktabning direktori o‘g‘il bolalarning boshini bir-biriga urishtirib, kaltaklagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo o'quvchi direktor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made