Qashqadaryoda maktab direktori 1,5 mln pora uchun 5 yilga qamaldi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi sport maktabining sobiq direktori 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar bergan.

Tumandagi 2-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori M.X. o‘z xizmat xonasida fuqaro U.B.dan sport murabbiyi lavozimiga ishga kiritib qo‘yish uchun 1 million 500 ming so‘m miqdordag pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. 

Yaqinda Jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tumani sudida G‘.Ostonov raisligi ostida ushbu holatga oid sud ishi ko‘rib chiqilgan. 

Unga ko‘ra, sudlanuvchi M.X. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan hamda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

428

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing