Qashqadaryoda Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan bolalarni urib yubordi

3-sahifa

image

Joriy yilning 13 mart kuni Qashqadaryoda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki nafar voyaga yetmagan bola jarohatlandi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa soat 14:30larda Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasida joylashgan "Chinor" restorani ro‘parasida yuz bergan. Haydovchi Sh.S. Lacetti rusumli avtomobilni orqaga boshqarayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 8 yoshli S.A. va 9 yoshli A.A.ni urib yuborgan.

Natijada, voyaga yetmagan bolalar tan jarohati olib birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. O‘tkazilgan sudga oid tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ikkala voyaga yetmagan bolalar yengil tan jarohati olganliklari ma’lum bo‘lgan.   

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, tegishli hujjatlar to‘plangan va Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qashqadaryo

Baholaganlar

288

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing