Qashqadaryoda Lacetti va Isuzu to‘qnashdi: 4 kishi yonib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 5 avgust kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Lacetti va Isuzu to‘qnashib, yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Dehqonobod tumani hududidagi M39 xalqaro avtomobil yo‘lida toshkentlik 53 yoshli Sh.K. boshqaruvidagi Lacetti Termizdan Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib borayotgan 23 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Isuzu yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda Lacetti’da yong‘in kelib chiqib, mashinadagi 4 nafar fuqaro tanib bo‘lmas darajada kuyib, vafot etgan. 

“Tuman Favqulotda vaziyatlar bo‘limiga yong‘in haqida 14:25 da xabar kelib tushdi. O‘t o‘chiruvchilar voqea voqea joyiga 14:27 da yetib borib, yong‘in 14:29 da qurshab olindi va 14:45 da o‘chirildi”, deydi tuman Favqulotda vaziyatlar bo‘limi mas’uli O‘tkirbek Yo‘ldoshev.

Tuman IIB xodimlari bilan suhbatlashgan Isuzu haydovchisining ma’ulmot berishicha, Lasetti boshqaruvidagi haydovchi katta ehtimol bilan uxlab qolgan va yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketib, mashina bilan to‘qnashgan.

Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH yong'in

Baholaganlar

280

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing