Qashqadaryoda ko‘chki sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
10 may 2021 8778 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududida joylashgan Ko‘l qishlog‘iga olib boruvchi 90 kilometrlik yo‘lning 62 kilometrida kuchli va keng hajmdagi ko‘chki ro‘y berdi. Bu haqida viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 5 ta o‘rta kattalikdagi ko‘chki oqibatlarini bartaraf etishga aholi tashabbus ko‘rsatgan. Shahrisabz tuman hokimligi tomonidan texnikalar jalb etilib, yoqilg‘i zaxirasi ham shakllantirilgan va yo‘l hashar tashkillashtirilib ta’mirlangan.

"Tuman hokimi Samad Hasanov voqea joyiga yetib bordi. Tuman hokimligi tomonidan hasharchilarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi", deyiladi viloyat hokimligi xabarida.



Live
Barchasi