Qashqadaryoda koronavirus tarqalishiga oid turli mishmishlarga oydinlik kiritildi

Salomatlik

image

Avval xabar berganimizdek, 11 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida bir yo‘la 28 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi qayd etildi.

Shundan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda turli mishmishlar paydo bo‘ldi. Ushbu holatlarga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘z munosabatini bildirdi.

“Viloyatda koronavirusga oid tafsilotlar ortida ijtimoiy tarmoqlar orqali darhol mish-mishlar urchishi shubhasiz. Biroq eslatib o‘tamizki, O‘zbekiston SSV bayonotida qayd etilganidek, bir narsani unutmasligimiz shart – bir marta musbat natija olingani Covid-19 koronavirus infeksiyasiga oid yakuniy xulosa bermaydi. Musbat natijali tahlillar SEOM virusologiya laboratoriyalarida qayta tekshiruvdan o‘tkaziladi va faqat shundan keyingina uzil-kesil tashxis qo‘yiladi”, deyiladi ma’lumotda.

Viloyat SSB matbuot xizmati Muborak tumanidagi vaziyat bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tdi. Ma’lum qilinishicha, viloyatga avtobus orqali kirib kelganlarning barchasi darhol karantinga olingan.

“Muborakdagi vaziyat bo‘yicha esa SSV ma’lumotiga qo‘shimcha tarzda shuni qayd etish mumkinki, tumandagi xorijiy korxonaning bir yo‘la koronavirus infeksiyasi aniqlangan 28 nafar xodimining bir nafari turkiyalik, qolganlari qozog‘istonlik fuqarolardir. Shu o‘rinda 6 iyunda ham shu hududda ishlovchi qozog‘istonlik fuqaroda infeksiya aniqlanganini ham eslatib o‘tmoqchimiz. Ular viloyatimiz hududiga avtobus orqali kirib kelishgan va darhol karantinga olingan”, deb xabar bermoqda viloyat SSB matbuot xizmati.

Bundan tashqari, viloyatning Koson tumanida ham koronavirus aniqlandi, degan mishmishlar ham mahalliy aholi orasida tarqaldi. Ta’kidlanishicha, bunday gap-so‘zlarga mazkur tuman fuqarolaridan biri topshirgan tahlil namunasida viloyatdagi virusologiya laboratoriyasida musbat natija qayd etilgani sabab bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, bu hali yakuniy xulosa emas. Ayni paytgacha poytaxtdan tahlil natijalari ma’lum qilinmagan. 

Keyingi kunlarda tarqalgan uchinchi mish-mish Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on” bozorining yopilishi bilan bog‘liq. Ma’lum qilinishicha, bozor dezinfeksiya maqsadida yopilga. Ertaga, 13 iyun kuni ertalabdan mazkur bozor o‘z faoliyatini odatdagi tartibda davom ettiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

503

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing