Qashqadaryoda Xalq ta’limi bo‘limining uch mansabdori qamoqqa olindi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani Xalq ta’limi bo‘limining uch nafar mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Dehqonobod tumani Xalq ta’limi bo‘limining 3 nafar mansabdori – bo‘lim mudiri, bosh hisobchi va sobiq bosh hisobchiga Jinoyat kodeksning 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi ochildi. 

Ularga nisbatan sudning tegishli ajrimi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. Tergovning borishi alohida nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo mansabdor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing