Qashqadaryoda qo‘lbola yog‘ ishlab chiqarayotgan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
22 may 2021
5409Qashqadaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Qamashi tumani IIB hodimlari hamkorlikda olib o‘tkazgan tadbirda noqonuniy qo‘lbola yog‘ ishlab chiqarayotgan fuqaroning faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 20 may kuni Qamashi tumani “Navoiy” MFYda yashovchi E.O‘. uyiining qo‘shimcha binosiga moyjuvoz uskunasini o‘rnatib, yog‘ ishlab chiqarib kelayotgani aniqlangan.
Gumondorning uyidan yog‘ ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalar va 400 kg chigit, 500 litr moyjuvoz yog‘i, 200 kg kunjara, 100 litr zig‘ir yog‘i, 150 dona 5 litr hajmli yelim idish va qopqoqlari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi