Qashqadaryoda Qozog‘iston va Turkiya fuqarolarida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, kecha, 16 iyun kuni Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar soni keskin oshdi. Bir kunda 104 nafar yangi holat qayd etildi va viloyatdagi jami bemorlar 161 nafarga yetdi (bulardan 6 nafari ilgari sog‘ayib chiqqan).

Yangidan kasallik qayd etilgan 104 bemorning barchasi karantin muassasalarida saqlanayotganlar orasida bo‘lgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.

Ularning 66 nafari Qozog‘iston, 5 nafari Turkiya fuqarolari, 10 nafari vohada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy korxona ishchilari, 1 nafari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimi, 20 nafari Kitob, 2 nafari Chiroqchi tumanlaridan (koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasidan).

2020 yil viloyat bo‘yicha 16 iyun holatida viloyat bo‘yicha jami 1732 nafar fuqaro karantin muassasalarida saqlanmoqda. Ularning 342 nafari statsionar, 1390 nafari uy karantinida.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

313

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing