Qashqadaryoda qizini ayovsiz kaltaklagan ota 3 yilga “kesildi”

3-sahifa

image

Joriy yilning 16 aprel kuni Qashqadaryoda ota o‘zining voyaga yetmagan qizini ayovsiz kaltaklagani aks etgan videolar tarqalib, ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgandi. Otaga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 7 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudida qizini kaltaklagan fuqaro R.T.ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilingan. 

Aniqlanishicha, R.T. oxirgi bir yil davomida muttasil ravishda o‘zining 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizini har xil so‘zlar bilan haqoratlab, urib-do‘pposlab, qiynab kelgan.

Sud hukmiga muvofiq R.T. Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

"Ushbu hukmdan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Qashqadaryo viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirish mumkinligi ma’lum qilinadi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo voyaga etmagan qiz kaltaklash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing