Qashqadaryoda qaynonasining qiynoqlariga chidolmagan kelin o‘zini o‘ldirdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 47 yoshli qaynona kelinning uyidagi ishlarini bilmasligini bahona qilib, uni kaltaklab, ruhiy bosim o‘tkazishi oqibatida kelin o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, Chiroqchi tumanida yashovchi qaynona 2022 yildan 2025 yil oktyabr oyiga qadar kelinini muntazam haqorat qilib, bir necha bor urgan, uyidan haydab yuborgan hamda unga ruhiy bosim o‘tkazib kelgani aniqlangan. 

Shuningdek, qaynona kelinini ota-onasi bilan uchrashishini cheklab, telefondan foydalanishiga ham to‘sqinlik qilgan. Ayrim holatlarda esa uni sochidan tortib, ko‘chaga sudrab chiqargani, yuz va tanasining turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, kelin 2025 yil 2 oktyabr kuni qaynonasi tomonidan davomli ravishda o‘tkazilgan jismoniy va ruhiy bosimlar oqibatida yashash uyidagi molxonada o‘z joniga qasd qilgan. 

Bildirilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida kelinning vafotida qaynona aybdor deb topilgan. Sud unga nisbatan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) ikkinchi qismi "a" bandi bilan, 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing