Qashqadaryoda is gazidan ota-bolalar vafot etdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida is gazidan ota va uning 3 nafar farzandi vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Bildirilishicha, joriy yilning 17 dekabr kuni soat 15:40 larda Qarshi shahar “Kunchiqar” MFYda yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan B.T. (erkak) va uning farzandlari 2006 yilda tug‘ilgan T.A. (o‘g‘il bola), 2008 yilda tug‘ilgan S.A. (qiz bola), 2014 yilda tug‘ilgan M.A. (qiz bola) isitish tizimidan chiqqan is gazidan zaharlanish oqibatida o‘z yashash xonadonida vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uyning yerto‘lasida o‘rnatilgan zamonaviy isitish qozonining yongan is gazi chiqishi uchun o‘rnatilgan mo‘rining umumiy havo tortish mo‘risiga ulangan qismidan is gazining sizib chiqayotgani aniqlangan.

Hodisa yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Asaka tumanida er-xotin yashash xonadonida qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechiga solingan ko‘mir yoqilg‘isidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo is gazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing