Qashqadaryoda ikki nafar MIB xodimi 1200 dollar pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda Majburiy ijro byurosining Ko‘kdala va Shahrisabz tuman bo‘limlari xodimlari chetga chiqishga qo‘yilgan taqiqni yechish evaziga fuqarodan 1200 dollar olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda byuro matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 3 iyun kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda byuroning Ko‘kdala va Shahrisabz tuman bo‘limlari ikki xodimi Shahrisabz shahri “Bog‘ibahor” MFYda yashovchi fuqaroni unga nisbatan chetga chiqish uchun qo‘yilgan taqiqni yechib berish evaziga olgan 1200 dollarni unga qaytarib berayotgan vaqtda qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani xabar qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MIB aliment to‘lanmagani uchun 13 yoshli bolaning chetga chiqishiga taqiq qo‘ygandi. Shuningdek, Andjonda 4000 dollar pora olgan MIB xodimlari ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Qashqadaryo MIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing