Qashqadaryoda gazli suv tayyorlovchi apparat portladi

Jamiyat

image

Qashqadaryoda gazlangan suv sotiladigan apparat portlab ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda bayon etilishicha, joriy yilning 15 iyun kuni taxminan soat 12:00 larda Kitob tumani dehqon bozori oldida gazli suv tayyorlovchi apparatning suv saqlash idishiga kislorodli ballondan ko‘p bosim berilishi oqibatida portlash yuz bergan. Mazkur apparat “Guliston” MFYda yashovchi T.Y. tomonidan qo‘lbola usulda yasalgan.

Oqibatda Kitob tumani va Shahrisabz shahrida yashovchi 2 nafar fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan D.A. (ayol) vafot etgan.

Holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing