Qashqadaryoda fuqaro o‘z qarindoshini urib o‘ldirib qo‘ydi
Jamiyat
−
20 iyun 2019 7313 1 daqiqa
Joriy yilning 18 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi 37 yoshli A.Q. Oq qishloq mahalla hududida o‘zaro janjal tufayli qarindoshi 41 yoshli O.X.ni tanasining turli joylariga urib jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, hodisa natijasida O.X. kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. A.Q. ushlangan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr