Qashqadaryoda fuqaro ikki noyob ilonni o‘ldirib, uyiga osib qo‘ydi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida fuqaro 2 ta ko‘lvor ilonini o‘ldirib, hovlisiga osib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Nishon tumanida reyd tadbiri o‘tkazilgan. Reyd davomida “Balxiyak” mahallasida yashovchi fuqaro A.Q. xonadonida 9 ta bo‘z echkiemari hamda 5 ta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini noqonuniy saqlab kelayotgani hamda 2 ta ko‘lvor ilonini o‘ldirib, hovlisiga osib qo‘ygani aniqlangan. Toshbaqalardan biri nobud bo‘lgan.

Huquqbuzardan bo‘z echkiemarlari, O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqalari hamda ko‘lvor ilonlari olib qo‘yilib, hayvonlarning yashash muhitiga mos bo‘lgan cho‘l hududiga qo‘yib yuborilgan.

“O‘rganish davomida A.Q. hayvonot dunyosiga 51 mln 480 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgani aniqlandi. Ayni damda yuqoridagi holatlar bo‘yicha hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun tayyorlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, bo‘z echkiemari va O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi O‘zbekiston Qizil kitobi hamda CITES (yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya)ga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing