Qashqadaryoda faqatgina 100 kishi so‘zlashadigan til borligi aniqlandi (video)

Jamiyat

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida shunday til borki, unda faqat 100 kishi gaplashadi. Bu til jeynov arablariga tegishlidir. Bu haqda “Zamon” axborot dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu millat vakillari O‘zbekiston hududiga VII-VIII asrlarda kelib qolgan. Oradan 13 asr o‘tsa ham bu oz sonli millat o‘z tili, urf-odatlari va qadriyatlarini saqlab kelyapti.

“Jeynov” qishlog‘idagi yoshi ulug‘ insonlarning aytishicha, arab o‘sha davrlarda keng yalanglik joylarga chorva mollarini boqish uchun kelgan. Keyin esa shu yerda yashab qolgan.

Tarixi VII-VIII asrlarga borib taqaluvchi “Jeynov” qishlog‘i o‘sha vaqtlarda 6 ta mavzega bo‘lingan. Ba’zi manbalarda ularni Qashqadaryoga ko‘chirilishi Amir Temur nomi bilan bog‘lansa-da, qishloq oqsoqollari bu fikrlarga unchalik qo‘shilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo til

Baholaganlar

1326

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing