Qashqadaryoda erkak YPX xodimiga kalla qo‘ydi (video)
3-sahifa
−
15 aprel
17890Ijtimoiy tarmoqlarda Qashaqadaryo viloyati G‘uzor tumanida Cobalt haydovchisi va yo‘l-patrul xizmati xodimlari o‘rtasida janjal yuzaga kelgani haqida videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 14 aprel kuni Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tgan A-380 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX xodimi unga notanish bo‘lgan Cobalt avtomobili “to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlanadi” yo‘l belgisi ta’sir doirasida qoldirib ketilganini ko‘rgan va avtomobil haydovchining shaxsini aniqlash maqsadida atrofdagi haydovchilardan u haqda so‘ragan.
Biroz vaqtdan so‘ng haydovchi kelgan va mashinasining eshiklarini ochib, uni harakatga keltirgan. Shundan so‘ng YPX xodimi haydovchiga hujjatlarini taqdim qilishini va ushbu joyga mashina qo‘yish mumkin emasligini aytgan. Lekin haydovchi mashinasini orqaga haydagan va YPX xodimining qonuniy talabini bajarmasdan faol qarshilik ko‘rsatgan.
“Haydovchini tinchlantirishga urindik va qonuniy talabga bo‘ysunishi haqida ogohlantirdik”, deydi YPX xodimi.
Ma’lum qilinishicha, janjaldan so‘ng mazkur shaxsning mashinasi jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
“YPX xodimlariga bo‘ysunmay qochishga harakat qildim. Mashinadan tushirib olishgani sababli jaxlim chiqib, janjallashib ketdim. Omma oldida kechirim so‘rayman. Qaytib bu ish takrorlanmaydi”, deydi haydovchi.
Bildirilishicha, mazkur holatda Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan. Jinoyat ishi bo‘yicha G‘uzor tumani prokraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida yuqori tezlikda harakatlangan Malibu haydovchisi YPX xodimini “kapot” ustida sudrab ketgan edi. Oqibatda YPX xodimiga olgan tan jarohati sababli shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan Mirobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi