Qashqadaryoda er aka-ukalari bilan birga xotini va o‘g‘lini kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda ona-bolani amakilari vahshiylarcha kaltaklagani haqida video tarqaldi. Viloyat IIB matbuot xizmati holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, joriy yilning 2 aprel kuni soat 08:00larda Qamashi tumani “Mayda” MFYda yashovchi o‘y bekasi Z.X. yashash uyida o‘tirgan vaqtida turmush o‘rtog‘i X.Xa. hamda uning aka-ukalari X.X., X.Fa., X.F. kelgan. Shundan so‘ng ular o‘zaro janjallashib qolib Z.X. va o‘g‘li Sh.P.ga tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan X.Xa., X.X., X.Fa., X.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “g,i,m” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jabrlanuvchining turmush o‘rtog‘i X.Xa.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

494

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing