Qashqadaryoda enaganing eri bir yashar qizaloqni o‘ldirdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida 23 yoshli yigit bir yashar qizaloqni o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Joriy yilning 21 iyul kuni Qarshi shahar 2-sonli IIB navbatchilik qismiga RSHTYOIM Qashqadaryo filiali shifokori tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 12:00 larda er-xotinlar T.A. (ayol) va N.S. (erkak) tomonidan bir yashar qizaloq o‘lik holatda shifoxonaga olib kelingan. Ular ko‘rik vaqtida shifokorga qizcha kolyaskadan yiqilib tushib, tan jarohati olganini aytgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 20 iyul kuni qiz tushlik vaqtida kiyimiga hojatini chiqargani sababli 23 yoshli N.S. qo‘lining mushti bilan uning ko‘krak qafasi va qorin sohasiga bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan. U o‘zining jinoiy qilmishini yashirish maqsadida go‘yoki kolyaskadan yiqilib tushgani haqidagi vaj bilan qizni shifoxonaga olib borgan.

“Holat yuzasidan 22 iyul kuni Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan N.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan”, deydi Shamsutdinov.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Toshkent shahrida 31 yoshli erkak o‘zi bilan birga qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayolning birinchi turmushidan tug‘ilgan 3 yashar o‘g‘lini pichoqlab, o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing