Qashqadaryoda Damas daraga ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Damas avtomashinasi daraga ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi vafot etdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Kecha, 4 iyun kuni soat 07:20 larda Qamashi tumani “Kattao‘ra” mahallasi Kon qishlog‘i hududi “Maydanak” va “Qiziltepa” yo‘nalishining 38 kilometrida harakatlanib ketayotgan Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, daraga ag‘darilib ketgan. 

Oqibatda avtomashinada bo‘lgan 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, yana 3 nafar fuqaro esa turli darajadagi tan jarohatlar bilan Qamashi tumani shifoxonasiga yuborilgan.

Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati boshchiligida qutqaruvchilar, tuman hokimi va tegishli tashkilot vakillari yetib borib, qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. 

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made