Qashqadaryoda chaqaloq o‘lik tug‘ilgani uchun qarindoshlari shifokorlarni ayblamoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda noma’lum shaxs shifokor ayolni tasvirga olgan holda uning o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatmagani tufayli turmush o‘rtog‘ining homilasi nobud bo‘lganini da’vo qilgani tasvirlagan videolar tarqali. Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, videotasvirlarda Kasbi tumanida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan H.Z. haqida so‘z yuritilgan. Ayol Kasbi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 9-oilaviy poliklinikada 2022 yil 20 dekabr kuni homiladorlik hisobiga (homiladorlikning 14-haftasida) olingan.

“Homilador va tuqqan ayollar individual kartasida qayd etilishicha, unda klinik va laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilgan. Umumiy qon tahlili bo‘yicha gemoglabin 88 g/l, kamqonlik o‘rta og‘ir darajasi, surunkali piyelonefrit bilan og‘rigan. Ushbu kasalliklar bo‘yicha faqat uyida davolangan. Homiladorlik vaqtida skrining tekshiruvidan o‘tishdan ayolning o‘zi bosh tortgan”, deyiladi boshqarma izohida.

Aytilishicha, homilador ayol H.Z. Kasbi tumani markaziy shifoxonasi tug‘uruq bo‘limiga 2023 yil 7 iyun kuni soat 07:30 da murojaat qilgan. Fuqaro H.Z. navbatchi vrach akusher-ginekolog Inobat Shomaliyeva tomonidan tekshirilgan.

“Homiladorlikning 39-haftasida tug‘uruq darakchisi, surunkali kamqonlik og‘ir darajasi, surunkali piyelonefrit tashxisi bilan bo‘limga qabul qilingan. Klinik laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan. UTT xulosasi bo‘yicha: homiladorlik – 39 hafta, homila yo‘ldoshini vaqtidan oldin markazdan ko‘chishi va homilaning ona qornida nobud bo‘lishi, retroplasentar gematoma tashxisi qo‘yilgan va kerakli muolajalar standart asosida qilingan. Vaziyatni hisobga olib homilador ayol qarindoshlarning talabi bilan tez tibbiy yordam mashinasida shifokor Inobat Shomaliyeva kuzatuvida 7 iyun kuni soat 16:10 da viloyat perinatal markaziga keltirilgan. Bu yerda bemorda zudlik bilan kesar kesish operatsiyasi o‘tkazilgan va o‘lik chaqaloq olingan”, deyiladi boshqarma bayonotida.

Bundan tashqari, munosabatda aytilishicha, bemorga amaliyotdan so‘ng davo muolajalari davom ettirilmoqda. Shu jumladan, bemor va uning yaqinlari shifokorlarning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lishsa, huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilishlari mumkin ekanligi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo chaqaloq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing