Qashqadaryoda bolalar liftda qamalib qoldi

Jamiyat

−

image

Bugun, 27 mart kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi ko‘p qavatli uylarning biridagi liftda bolalar qamalib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 13:30 da Qashqadaryo viloyati FVBga Qarshi shahar “Navo” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi lift qulflanib qolganligi, uning ichida 4 nafar yosh bolalar qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, zudlik bilan aytilgan manzilga viloyat FVB qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus asbob-anjomlar yordamida lift ochilib, bolalar qutqarilgan hamda ota-onalariga sog‘-omon topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Toshkentdagi ko‘p qavatli uyning lifti ichidagi odamlar bilan pastga tushib ketgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing