Qashqadaryoda biryo‘la 2 ta oshxonaga o‘t ketdi (video)
3-sahifa
−
09:40 856 1 daqiqa
Bugun, 1 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Amir Temur ko‘chasida joylashgan ikki yonma-yon qurilgan umumiy ovqatlanish shoxobchalarida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa tonggi soat 03:17 da Yakkabog‘ tumani Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Yong‘in joyiga Yakkabog‘ tumani FVB 22-sonli qutqaruv qismidan 2 ta bo‘linma soat 03:25 da yetib borib, yong‘in soat 04:25 larda to‘liq bartaraf etilgan.
Oqibatda birinchi ovqatlanish shoxobchasining 40 kvadrat metr, ikkinchisining esa 38 kvadrat metr maydoniga zarar yetgan.
Bildirilishicha, yong‘inning sababi aniqlanmoqda. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 600 kvadrat metr maydon saqlab qolingan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 sentyabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi