Qashqadaryoda bir tuman va 17 ta mahalla “qizil” hududga kirdi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatidagi tuman (shahar)larning toifalari o‘zgarish bo‘ldi. Ayrim mahallalar ham "qizil" toifaga o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Viloyat maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 3 iyuldan koronavirus infeksiyasi qayd etilgan quyidagi hududlar G‘uzor tumani “yashil” toifadagi hududdan “qizil” toifaga o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, Qarshi shahridagi "Mag‘zon", "Qilichbek-Qo‘rg‘oncha", "Otchopar", "Qarlig‘bog‘ot", "Naxshab", "Xudoyzod", "Komilon", "Tabassum", "Kunchiqar", "Mustaqillik", "Istiqlol" va "Sho‘rtan" mahallalari ham “qizil” hududga kiritilgan.

Qarshi tumanidagi “Bog‘obod”, “Guliston”, “Xonobod” va “Chorgumbaz” hamda  Koson tumanidagi "Quyiobron" mahallasi ham shu hududga o‘tkazilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qarshi shahar, Koson va Qarshi tumanlari “sariq” toifaga o‘tkazildi. Shuningdek, Muborak, Kitob va Chiroqchi tumanlari "qizil"dan "sariq" hududga o‘zgardi. 

“Shunday qilib, viloyatda "yashil" hududlar - 8 ta, "sariq" hududlar - 6 ta, "qizil" hududlar - 1 ta”, deyiladi xabarda. 

Avvalroq, Qarshi shahriga kirish-chiqish jiddiy nazoratga olinadi. Faoliyati to‘xtatilgan nazorat maskan (post)lari qayta tiklangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

435

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing