Qashqadaryoda bir oila boshqasini o‘lasi qilib kaltakladi
3-sahifa
−
31 mart 2023
22148Qashqadaryoda tadbirkor yonida bir necha kishilar bilan sovuq qurollar olib, tinch aholini kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlarda jabrlangan shaxslarning chuqur jarohatlari aks etgan. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 30 mart kuni Koson tumani “Neko‘z” mahallasida yashovchi fuqaro A.Z. yashash uyi hovlisida o‘g‘li A.Sh. va T.A.lar bilan turli darajada tan shikastlari olib, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy amaliy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.
O‘sha kuni soat taxminan 16:10 larda Z.A. ismli shaxs oila a’zolari bilan A.Z.ning uyiga kelib, oilaviy nizo sabab, ularni turli uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, qo‘llarida bo‘lgan turli jismlar bilan urib, hodisa joyidan yashiringan.
Holat yuzasidan Koson tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.