Qashqadaryoda bir kechada 127 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
08 iyul 2020
15207O‘zbekistonda bugun, 8 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 168 nafaga ortib, 10 838 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlari:
• 161 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 127 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 34 nafari aholi orasida);
• 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 6 811 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3 986 nafar bemorga shifokorlarlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 24 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi