Qashqadaryoda bir guruh ayollar o‘quvchi qizlarni kaltakladi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchi qizlarga zo‘rlash bilan tahdid qilingani va kaltaklab ketilgani haqida xabarlar tarqalib, ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Joriy yilning 8 may kuni soat 16:30 larda Qarshi shahar 1-sonli maktabning 6-sinf o‘quvchisi A.Sh. va shu maktabning 8-sinf o‘quvchisi voyaga yetmagan qiz T.F.lar o‘rtasida kelishmovchilik sodir bo‘lgan. 

Oqibatda voyaga yetmagan A.Sh.ning onasi X.Sh. bir nechta tanishlari bilan maktabga borib, voyaga yetmagan T.F.ni va boshqa qizlarni haqorat qilib, ularning bir nechtasiga tan jarohati yetkazgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida joylashgan 22- hamda 23-sonli umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchi qizlar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo zo'rlash o'quvchi qizlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing