Qashqadaryoda bedarak yo‘qolgan 17 yoshli qiz qidirilmoqda

Jamiyat

−

image

Qashqadaryo viloyatida 2022 yilning 26 iyul kuni uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 17 yoshli qiz qidirilmoqda. Bu haqda viloyat jinoyat qidiruv boshqarmasi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

“2006 yil 1 yanvarda tug‘ilgan, Qarshi shahar Nasaf mahallasi Dehqonchilik ko‘chasi 50 uyda yashovchi Shahzoda Alimjonova Akbar qizi qidirilmoqda”, deyiladi boshqarma xabarida.

Qizning alohida belgilari: bo‘yi 165-170 sm atrofida, sochi qora rangda, qoshlari o‘rtacha kenglikda, qora rangda, ko‘zlari qora rangda va o‘rtacha kattalikda, yuzi uzunchoqsimon shaklda, burni va qulog‘i o‘rtacha kattalikda.

Qayd etilishicha, qiz egnida oq-qora rangli ko‘ylak, oyog‘ida qora rangli poyafzal bo‘lgan.

Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishi so‘raladi: (75) 224-40-28, (75) 221-02-15 va (77) 022-14-01.

“Fuqarolar tomonidan taqdim qilingan har qanday ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing