Qashqadaryoda ayolni ayovsiz qamchilagan aka-ukalar qamaldi

3-sahifa

image

Avvalroq, 2022 yilning iyul oyida Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida aka-uka 38 yoshli ayolni qamchi bilan kaltaklab, uning sochlarini kesib tashlagani haqida xabar berilgan edi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kaltaklangan ayol o‘zidan kichkina erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lib, bir uyda yashagan. Bundan xabar topgan erkakning akalari yarim tunda ular yashayotgan uyga borib, ikkisini ham zo‘ravonlik bilan o‘z uyiga olib kelgan. Keyin ularni arqon bilan bog‘lab, ayolni qamchi bilan 3 aka-uka navbatma-navbat kaltaklagan. Bu holatni boshqarib turgan ota o‘g‘illariga ayolning sochini kesib tashlashni buyurgan. Tongga yaqin ayol deraza orqali uydan qochib ketgan.

Sudda erkaklar qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, jabrlanuvchidan kechirim so‘ragan.

“Meni yaroqsiz ahvolga keltirishdi. Sog‘ayib ketishimga kim kafolat beradi? Otamning og‘aynisi (aka-ukalarning otasi) ekanligi sabab ularni kechiraman”, degan jabrlanuvchi ayol sud zalida.

Sud hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ota va kichik o‘g‘ilga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi, qolgan ikki o‘g‘ilning biriga 2 yil, boshqasiga esa 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.


Maqola muallifi

Teglar

sud Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made