Qashqadaryoda kelinni bog‘lab kaltaklaganlardan biri qamaldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Qashqadaryoda kelinni bog‘lab qo‘yib, vahshiylarcha kaltaklab, sochini kesib tashlanganlardan biri qamaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, kelin kaltaklanishi yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro Yu.E, Yu.B va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Fuqaro Yu.E. Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, “qamoq ehtiyot” chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 iyul kuni soat taxminan 23-30 larda Yakkabog‘ tumani “Yangihayot” MFYda yashovchi Yu.E, Yu.B, Yu.R va Yu.X. kelin Q.M fuqaro Yu.X. bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurganidan g‘azablanib, uni oyoq-qo‘lini bog‘lab, sochini kesib tashlab, tanasini duch kelgan sohalariga qo‘l-oyoqlari va qamchi bilan muttasil ravishda urib, qiynab, jismoniy azob berib tan jarohati yetkazgan. 

Oqibatda Q.M. tan jarohati olib, Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

748

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing