Qashqadaryoda ayollar o‘rtasida jinoyatning nega ko‘payayotgani aytildi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatida umumiy jinoyatchilik holati joriy yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 46,1 foizga oshgan. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining navbatdagi videoselektorida ma’lum qilindi.

“Qashqadaryo viloyatida umumiy jinoyatchilik holati joriy yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 46,1 foizga oshgan bo‘lib, bunda voyaga yetmaganlar, yoshlar, xotin-qizlar, ishsiz fuqarolar, ilgari sudlanganlarning ulushi sezilarli darajada ko‘paygan”, deyildi videoselektorda.

Buning sababi etib mahallalarda aholining manzilli ishlanishi lozim bo‘lgan qismi bilan amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida tashkil etilmagani ko‘rsatildi. 

Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyatlarida oilaviy ajrimlar va jinoyatchilik bilan bog‘liq holatlar tahlil qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyatda yil boshidan shu vaqtga qadar 583 ta oilaviy ajrim qayd etilgan. Achinarlisi, mazkur ajralishlar natijasida 459 nafardan ortiq voyaga yetmagan bolalar ota yoki ona mehridan mahrum bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Qashqadaryo

Baholaganlar

258

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing