Qashqadaryoda 800 kg yaroqsiz go‘shtni iste’molga kiritmoqchi bo‘lishdi
Jamiyat
−
01 iyul 2020
7612Joriy yilning 29 iyun kuni soat 01:10 lar atrofida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tuman hududida joylashgan "Umakay" muntazam YPX maskanida Qashqadaryo - Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan mashina to‘xtatilib, tekshiriladi. Shunda mashinaning ichida go‘sht mahsulotlari olib ketilayotgani aniqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu tadbir Qashqadaryo viloyati IIB PPX va JTSB Karantin bo‘linmasi va YXHB xodimlari hamkorlikda amalga oshirildi. Tadbir davomida Chiroqchi tuman "Chiyali" MMTP "Chuvilloq" qishlog‘ida yashovchi M.E boshqaruvida bo‘lgan 01 L 417 UA davlat belgili Nexia-1 avtomashinasi tekshiriladi. Hech qanday veterinariya ma’lumotnomalarisiz kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 35 ta qog‘oz karopkada suyaksiz hamda ochiq holatda avtomashina yukxonasida joylangan suyakli go‘sht mahsulotlari aniqlanadi.
Shundan so‘ng, go‘sht mahsulotlaridan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tuman oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan namunalar olininadi.
Kecha, 30 iyun kuni tuman ekspertiza laboratoriyasining xulosasiga asosan, jami 800 kg og‘irlikdagi bo‘lgan qora mol go‘shti iste’molga yaroqsiz deb topilgan. Ushbu yoroqsiz go‘sht mahsulotlari tegishlicha yo‘q qilingan.