Qashqadaryoda 65 kishi ovqatdan zaharlandi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatida bir necha kishi ko‘ngil aynishi, qayd qilish, ichni tez-tez ketishi, tana haroratini ko‘tarilishi, sovuq qotish kabi kasallik belgilari bilan shifoxonaga murojaat etishadi. O‘tkazilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng, ularga ovqatdan zaharlanish tashxisi qo‘yiladi.

Joriy yilning 2019 yilning 13 dekabr kuni soat 8:30 dan 16:30 gacha viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 9 nafar va Nishon tez tibbiy yordam ilmiy markaziga 2 nafar kishi sog‘ligidan shikoyat etib, murojaat qilishgan. Ular Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan “ENTER ENGINEERING PTE. Ltd” kompaniyasining G‘uzor tumanida joylashgan UZGTL loyihasi asosida tashkil etilgan shaharcha ishchilari edi. Ularga ovqatdan zaharlanish “O‘tkir gastroenterit” tashxisi qo‘yilib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat bo‘yicha Respublika Cog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshchiligida shtab tashkil etilgan. Ovqatdan zaharlanish kelib chiqishiga gumon qilingan taomdan iste’mol qilgan ishchilar tuzilgan komissiya tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. 

2019 yil 14 dekabr soat 7:00 holatida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida yana 54 nafar ishchi faol aniqlanib, shifoxonalarga olib kelingan. Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 49 nafar, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziy Qashqadaryo filiali Toksikologiya bo‘limida 10 nafar, G‘uzor tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar, Nishon tuman tez tibbiy yordam bo‘limida 2 nafar jami 65 nafar bemorlar davolanmoqda. Bemorlarning 46 nafari ahvoli yengil, 19 nafari o‘rtacha, og‘ir bemorlar yo‘q. Dori darmonlar zaxiralari yetarli.

“Bemorlardan olingan namunalar va zaharlanish kelib chiqishiga gumon qilingan taomdan olingan namunalarda laboratoriya tekshiruvlari davom etmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur vaziyat to‘liq nazoratga olingan”, - deyiladi xabarda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ovqatdan zaharlanish

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing