“Oq-tepa lavash” ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi – Bosh prokuratura

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 4-7 iyun kunlari Toshkentdagi “Oq-tepa lavash” tarmoq oshxonasida taom tanovul qilgan  kishi zaharlandi. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bosh prokuratura rasmiy bayonot bilan chiqdi. Unda shunday deyiladi:

“4-7 iyun kunlari Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi jami 49 nafar fuqarolar “ovqatdan toksikoinfeksiya” tashxisi bilan O‘zbekiston Respublikasi SSV EMYUKITI, 2 va 5-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda, ushbu fuqarolar shifoxonaga murojaat qilishidan avval Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi, Sergeli tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi, 7b-uy hamda Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi, 21-uyda joylashgan “Oqtepa lavash” (“Grand Azia Plus” MCHJ) umumovqatlanish tarmog‘ining uchta shahobchalarida tez tayyorlanuvchi taomlarni (“sendvich”, “lavash” va “pitssa”) iste’mol qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 07.06.2019 yilda Toshkent shahar prokurori tomonidan “Grand Azia Plus” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Ovqatdan zaharlanish Oqtepa lavash

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing