Qashqadaryoda 63 ta maktab direktorsiz ishlamoqda. Mos nomzodlarga qirg‘in kelganmi?

Jamiyat

image

2021 yilda Qashqadaryodagi 51 ta maktablardan birorta ham bitiruvchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirmagan. Qolaversa, viloyatda 63 ta maktab direktorsiz ishlamoqda. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati e’lon qilgan tanqidiy tahlilda so‘z boradi. 

Xususan, Chiroqchida 13 ta, Dehqonobodda 12 ta, Kosonda 6 ta, Qarshi tumanida 4 ta, Kitobda 4 ta, Qamashida 3 ta, G‘uzorda 3 ta, Shahrisabz tumanida 3 ta, Muborakda 2 ta, Yakkabog‘ tumanida 1 ta maktabning birorta ham o‘quvchisi OTMga kirmagan. 

Shuningdek, ayni vaqtda viloyatda jami 63 ta maktab direktorsiz ishlamoqda. 

Tumanlar kesimida tahlil qilinsa, Chiroqchi tumanida 12 ta, Koson tumanida 11 ta, Qamashi tumanida 8 ta, Yakkabog‘ tumanida 7 ta, Dehqonobod va Nishon tumanlarida 4 tadan, Shahrisabz shahar, G‘uzor va Kasbi tumanlarida 3 tadan, Qarshi shahar, Qarshi va Muborak tumanlarida 2 tadan, Kitob va Mirishkor tumanlarida 1 tadan direktorlik lavozimlari vakant.

Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga viloyat halq ta’limi boshqarmasi tomonidan 23 ta maktab bo‘yicha nomzodlar tavsiya etilgan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar nomzodlar ko‘rib chiqilmagan.

Viloyat halq ta’limi boshqarmasi tomonidan bugungi kunga qadar 40 ta maktab bo‘yicha Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga nomzodlar kiritilmagan.

Eng achinarlisi, 2021 yilning iyun oyidan bugungi kunga qadar Yakkabog‘ tumanidagi 39 va 104-sonli, Muborak tumanidagi 3 va 20-sonli maktablarda direktorlik lavozimi vakant turibdi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi (Karimov), Xalq deputatlari viloyat kengashi (Poyonov) va tuman (shahar) kengashlari bilan birgalikda bir oy muddatda vakant bo‘lgan direktorlik lavozimlariga nomzodlarni ko‘rib chiqish hamda munosib bo‘lgan nomzodlarni direktorlik lavozimiga tayinlash ishlarini yakuniga yetkazish bo‘yicha topshiriq berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

183

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing